Bosh prokuratura rossiyalik jurnalist Inessa Papernayaning o‘limi holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi
О‘zbekiston Bosh prokuraturasi rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya va yana ikkita shaxsning o‘limi holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar beradi.
“Halok bo‘lganlar o‘limining aniq sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Papernaya О‘zbekistonda mehnat ta’tilida bo‘lgan. U o‘zining hamrohi bilan “Karaman Palas” mehmonxonasida yashagan. 20-oktyabr kuni unga posilka olib kelishgan, biroq xona eshigini hech kim ochmagan. Biroz vaqtdan keyin mehmonxona xodimlari eshikni ochishgan va ikkalasining jasadini topgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yoshlarning o‘limiga noma’lum gaz sababchi bo‘lgan.
Hodisadan so‘ng mehmonxona muhrlab yopilgan, huquqni muhofaza qilish organlari tergov ishlarini boshladi.
Sharhlar