Bosh prokuratura Toshkent aeroportida ayolning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroportida bojxona rasmiylashtiruvini kutayotgan ayol halok bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.
“8-oktabr kuni Dubaydan Toshkentga kelgan 38 yoshli ayol kasal bo‘lib qolgan”, deyiladi xabarda.
Fuqaro shifoxonaga yetkazilgan va hozirda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar