Bosh vazir Abdulla Aripov Shaxmat federatsiyasining yangi raisi etib saylandi
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan anjumanda Bosh vazir Abdulla Aripov tashkilotning yangi raisi etib saylandi.
Bungacha rais lavozimini Alisher Sa’dullayev egallab kelgan, endi u raisning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi axborot siyosati bo‘limi mudiri lavozimidan ozod etilgan edi.
Ulashish:
Sharhlar