Bosh vazir Abdulla Aripov Xitoyga bordi

Фото: press uzb

Joriy yilning 5-10 noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida yettinchi Xitoy xalqaro import mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bosht vazir matbuot xizmati yozmoqda.

Mazkur tadbirda faxriy mehmon maqomida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi bugun, 4 noyabr kuni Shanxayga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Dastlab, O‘zbekiston tomoni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga yo‘llagan samimiy salomini yetkazdi. O‘z navbatida, Xitoy tomoni Si Szinpinning Davlatimiz rahbariga ezgu tilaklarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.

Xitoy O‘zbekistonning ishonchli, vaqt sinovidan o‘tgan strategik hamkori ekani, ikki tomonlama aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani, munosabatlarning bugungi darajaga ko‘tarilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi ishonchli, samimiy va do‘stona munosabatlar asosiy omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.