Bo‘stonliqda ikkita uy yonib ketdi
26-sentabr kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 2 ta uyning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.
Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ulashish:
Sharhlar