Boysun gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Фото: Eriell

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida 17-sentyabr kuni sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb yozadi Gazete.uz nashri.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar konda ishlayotgan pudratchi tashkilot xodimlari bo‘lgan. Ularning shaxsi aniqlangan.

18-sentyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Bosh prokuratura vakillari avariya natijasida ikki kishi halok bo‘lgani rostmi, degan savolga ijobiy javob berdi.

“Bu o‘ta xavfli vaziyat edi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Jarohat olganlar ham bor. Hozirda yuzaga kelgan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Natijalarga ko‘ra ma’lumot beriladi”, — dedi Bosh prokuratura rahbari О‘ktam Otaуev.

Sherzod Asadovning so‘zlariga ko‘ra, voqea yuzasidan prezident Shavkat Mirziyoуevga darhol xabar berilgan. U real vaqt rejimida tegishli topshiriqlarni berib, vaziyat haqida ma’lumot olmoqda.

Voqea joyiga mutasaddi vazirlik va tashkilotlar rahbarlari yetib borgan. Hodisa oqibatlarini bartaraf etishda mahalliy tuzilmalarga yordam berish uchun xorijlik mutaxassislar jalb qilingan.

Voqea tafsilotlari va boshqa ma’lumotlar kechqurun Boysun tumanida bo‘lib turgan favqulodda vaziyatlar va energetika vazirlari tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.