Xorazmda bozor yonib ketdi (video)

Videodan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmning Hazorasp tumanidagi eski bozor yonganligi to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy axborot e’lon qildi.

Bugun, 18-iyun kuni soat 02:30 da Hazorasp tumani “Bog‘dor” MFY hududida joylashgan “Hazorasp unversal savdo kompleksi” AJ hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Xabarga asosan yong‘in-qutqaruvchilar soat 02:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:04 da to‘liq bartaraf qilingan. Yong‘in-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari natijasida yongʻin maydonini boshqa do‘konlarga o‘tib, kengayishi oldi olingan va savdo kompleksi hududining 4200 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in natijasida 300 kv.m maydonda aralash turdagi mollar savdo do‘konlari yonib zararlangan. Yong‘inning yuzaga kelish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari hamda tuman hokimi chiqqan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.