BRIKS o’yinlarida O’zbekiston yana bitta oltin medalga sazovor bo’ldi

Foto: Sport vazirligi

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahri mezbonlik qilayotgan BRIKS o’yinlarida O’zbekiston delegatsiyasi uchinchi oltin medaliga sazovor bo’ldi. Kun davomida atletlar yana 2 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi. Batafsil:

Oltin medal:
Darya Latisheva (ushu, nanquan).

Bronza medal:
Shahboz Xolmirzayev, Mehrojbek Mamatqulov, Yevgeniy Agafonov, Davrjon Davronov (akademik eshkak eshish, M4x);

Alisher Turdiyev, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov, Shaxriyor Hamdamov, Shuhrat Shodiyev, Yevgeniy Agafonov, Obidjon Jo’raqulov, Farruh Oblaqulov (akademik eshkak eshish, M8+).

To’rtinchi kungi bellashuvlardan so’ng delegatsiya 3 ta oltin, 7 ta kumush va 17 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus, Xitoy va Erondan so’ng beshinchi o’rinda ketmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.