“BRUNI” va boshqa 7 ta oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi hujjatlari nomuvofiq deb topildi

Foto: Reccomend
Toshkent shahridagi savdo shoxobchalaridan nazorat xaridi uchun 9 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar xarid qilindi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarga sinovdan o‘tkazish uchun taqdim etildi.

Mahsulotlarning sifati va xavfsizligi bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Milliy “Referens” va “Texnostandart–NEO” MCHJ huzuridagi akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar xulosalarini berdi. Sinov natijalarida 9 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan 8 nomdagisi ya’ni ularning 88 foizi amaldagi texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga nomuvofiqligi ma’lum bo‘ldi.

Jumladan, texnik reglament yoki standart talablari bo‘yicha kamchiliklar mahsulotning tarkibi, yoriqlanishi va qadoqlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi ishlab chiqaruvchi korxonalarga tegiishli ekanligi aniqlandi:

  1. “BRUNI” shokoladli keks mahsuloti – ishlab chiqaruvchi korxona “Almerro Group” MCHJ;
  2. “SELLATILGAN MOL GO‘SHTI oliy nav” Konservalangan mol go‘shti mahsuloti – ishlab chiqaruvchi korxona “Marmaks” QK MCHJ;
  3. “BIO KEFIR” kefir – ishlab chiqaruvchi korxona “DIL-BAH DAIRY GROUP” MCHJ;
  4. “Qand” mahsuloti – ishlab chiqaruvchi korxona “Prima industries group” MCHJ;
  5. “Chernogolovka” gazlangan salqinlantiruvchi ichimlik – ishlab chiqaruvchi korxona “Aqua Products” MCHJ QK;
  6. “Urussa” kungaboqar yog‘i – ishlab chiqaruvchi korxona “Resurs” moy ekstraksiya zavodi;
  7. “Kunjutnoye maslo” yog‘ mahsuloti – ishlab chiqaruvchi korxona “Maxmadjon Nurafshon” XK;
  8. “Sedana yog‘i” yog‘ mahsuloti – ishlab chiqarvchi korxona “Maxmadjon Nurafshon” XKlar.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan nazorat xaridi davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sifatsiz mahsulotlarning sotilishiga chek qo‘yish yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.