Bu yil o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlar soni sezirarli darajada kamaydi

Foto: yuz.uz

Bilim va malakalarni baholash agentligining ma’lum qilishicha, 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida qatnashish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:

  • joriy yil bitiruvchilari – 410 334 nafar;
  • avvalgi yillar bitiruvchilari – 483 945 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

  • erkaklar – 431 806 nafar;
  • ayollar – 462 473 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • o‘zbek tili –784 458 nafar;
  • rus tili – 84 774 nafar;
  • qoraqalpoq tili – 22 534 nafar;
  • boshqa tillar – 2 513 nafar.

Ma’lumot uchun, 2023/2024-o‘quv yili uchun 1 mln. 18 ming, 2022/2023-o‘quv yili uchun 1 mln. 214 ming talabgor o‘qishga hujjat topshirgan edi. Bu esa joriy yilgi abituriyentlar soni sezirarli darajada kamayganini ko’rsatmoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.