Bu yil qancha abituriyent testga kirgan va qanchasi chetlashtirilgan

Foto: qalampir.uz

Joriy yilgi test sinovlari uchun jami 894 279 ming nafar abituriyentlar roʻyxatdan oʻtgan. Shulardan 737 ming 351 nafar abituriyent test sinovlariga kirgan boʻlsa, 65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan.

Testga kirgan abituriyentlarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

  • Samarqand — 87 570
  • Qashqadaryo — 84 874
  • Fargʻona — 73 146
  • Andijon — 59 951
  • Surxondaryo — 57 199
  • Toshkent viloyati — 56 188
  • Qoraqalpogʻiston — 51 502
  • Namangan — 46 480
  • Jizzax — 43 232
  • Xorazm — 41 854
  • Toshkent shahri — 39 518
  • Buxoro — 38 084
  • Navoiy — 32 725
  • Sirdaryo — 25 028

Ma’lumot uchun, kuni kecha, 25-iyun kuni OTMlarga kirish imtihonlari yakunlandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.