Bu yil xotin-qizlarga o’tgan yilgiga qaraganda kam tavsiyanoma berildi
Bu yil 18,4 ming xotin-qizga o’qishga kirish uchun tavsiyanoma berildi. Ajratilgan grant 20 mingta edi.
Respublika bo‘yicha jami 18 481 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi va 18 372 nafar talabgorga tavsiyanoma berish rad etildi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berishicha, talabgorlarning mobil telefon raqamiga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuborilgan. Shuningdek, tavsiyanoma olish uchun ariza bergan xotin-qizlar xotin-qizlar.uz elektron platformasi orqali o‘zlarida tavsiyanoma bor yoki yo‘qligini tekshirish imkoniyati yaratilgan.
2023-yilda tasviyanoma uchun 50,6 ming talabgor ariza bergan. Shundan 38,7 mingiga tavsiyanoma berilgandi.
Sharhlar