Bugun 5 nafar bokschimiz Osiyo chempionitida jang o‘tkazadi

Foto: uza.uz

4-dekabr kuni Tailandda davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining beshinchi kun bellashuvlarida 22 ta juftlikdagi janglar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Mujibillo Tursunov, Havasbek Asadullayev, Javohir Ummataliyev, Farzona Fozilova va Sabina Boboqulova O’zbekiston sharafini himoya qiladi.

Kun davomida kechadigan janglarda mahoratli charm qo‘lqop ustalarimizdan Mujibillo Tursunov -67 kilogramm vaznda qirg‘izistonlik Almaz Orazbekov bilan, Havasbek Asadullayev -71 kilogrammda xitoylik Guofeng Li bilan, Javohir Ummataliyev -75 kilogrammda tailandlik Virapon Jongjoho bilan, Farzona Fozilova -48 kilogrammda tailandlik Tipsatcha Yodvari bilan, Sabina Boboqulova -50 kilogrammda mo‘g‘ulistonlik Xulan Altanbek bilan ro‘baro‘ keladi.

Ma’lumot uchun, qit’a chempionati bahslari 12-dekabrga qadar davom etadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.