Bugun 6 nafar o’zbekistonlik bokschi oltin medal uchun ringga chiqadi
Bugun, 2-noyabr kuni Chernogoriyada oʻtayotgan boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining dastlabki final bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 6 nafar aʼzosi oltin medal uchun ringga koʻtariladi. Juftliklar bilan tanishing:
-48 kg: Jasmin Tohirova – Valeriya Saraxi (Meksika)
-48 kg: Sayfiddin Sobirov – Bilalxabasi Nazarov (Ozarbayjon)
-75 kg: Jafarbek Shahbozov – Sanjar-Ali Begaliyev (Qozog‘iston)
-81 kg: Ruxshona Parpiyeva – Arujan Zeinollayeva (Qozog‘iston)
-86 kg: Akmaljon Isroilov – Kamil Jamayev (Rossiya)
+92 kg: Shahzod Polvonov – Adam Olaniyan (Irlandiya)
Dasturga koʻra, yana 4 nafar hamyurtimiz ishtirokidagi final janglari ertaga boʻlib oʻtadi.
Ulashish:
Sharhlar