Bugun aholini qanday ob-havo kutmoqda
Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 11-16 daraja iliq, cho‘l hududlarida 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Sharhlar