Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.

Poytaxt Toshkent shahrida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.