Bugun futzal bo’yicha jahon chempioni aniqlanadi

Foto:uza.uz

Bugun, 6-oktyabr kuni mamlakatda o’tkazilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Kunning ikkinchi yarmida, ya’ni 17:30 da Fransiya va Ukraina bronza medal uchun kurash olib boradi. 20:00 da esa Argentina – Braziliya terma jamoalari qarama-qarshiligida boshlanadigan final uchrashuvida jahon chempioni aniqlanadi.

Har ikki jamoaning bahslari  poytaxtdagi “Humo arena“ sport saroyida bo‘lib o‘tadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.