Bugun Nodirbek Abdusattorov Alireza Firuzja bilan kuch sinashadi

AQSHning Sent-Luis shahrida davom etayotgan “Sinquefield Cup” turnirining 2-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda fransiyalik Alireza Firuzja bilan kuch sinashib, murosa yo‘lini tanladi.

Mazkur turda o‘tkazilgan qolgan 4 ta uchrashuvda ham tomonlarning durangga erishgani musobaqa jadvalining o‘zgarishsiz qolishiga olib keldi.

21-avgust kuni o‘tkaziladigan 3-tur musobaqasida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, dunyoning 10 nafar eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollaridan iborat bo‘lib, g‘olib shaxmatchi 100 ming AQSH dollariga ega chiqadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.