Bugun “Bakra Oyi” hodisasi yuz beradi. Oy odatdagidan yorqinroq va kattaroq ko‘rinadi

Foto: ABC news

Bugun 19-avgust kuni ajoyib astronomik hodisalardan biri kuzatiladi ya’ni osmonda super Oy va moviy Oyning kombinatsiyasi ko‘rinadi.

Mutaxassislarga ko‘ra, bu yil 19-avgust, 17-sentyabr, 17-oktyabr va 15-noyabr kunlari super Oy hodisasi bo‘lishi kutilmoqda, lekin birinchisi hammasidan o‘zgacha bo‘lishi mumkin.

Avgustda sodir bo‘ladigan to‘lin Oylardan birining nomi “Bakra Oyi”. Bu nom yilning shu mavsumida katta ko‘llar va boshqa yirik suv havzalarida bakra baliqlarini tutgan hind qabilalari bilan bog‘liq deyiladi.

Moviy Oy nomining rangga hech qanday aloqasi yo‘q. U inglizcha “Onye in a Blue Moon” iborasi bilan bog‘liq.

Moviy Oyning 2 ta turi bor: mavsumiy va oylik. 19-avgustda sodir bo‘ladigan moviy Oy mavsumiy bo‘ladi. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi mavsumiy moviy Oy 2027-yil may oyida kutilmoqda.

Bunday hodisalar orasi 20 yilgacha bo‘lishi mumkin. “Bakra Oyi” va moviy Oyning  keyingi juftligi 2037-yil yanvar va mart oylarida kuzatiladi.

Super Oy hodisasida Oy odatdagidan ancha yorqinroq va kattaroq ko‘rinadi, lekin aslida bunday emas. “Oy illyuziyasi” mavjud, unda Oy ufqqa yaqin bo‘lganda osmondagi balandligiga qaraganda kattaroq ko‘rinadi.

Oyning kraterlarini ko‘rish uchun teleskop yoki durbindan foydalanish mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.