Bugun “Paxtakor” Iroqqa qarshi maydonga tushadi
Bugun Elit Osiyo chempionlar ligasida uchinchi tur doirasida “Paxtakor” safarda Paxtakor “Al Shorta” klubiga qarshi maydonga tushadi.
O’yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da “Karbala” Xalqaro stadionida boshlanadi.
Xabarga ko’ra, “Al Shorta” jamoasi jami 7 marotaba Iroq chempioniga aylangan. So‘nggi 3 mavsumda bu jamoa ketma-ket Iroq chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelgan. Hozirda “Al Shorta”ni mahalliy murabbiy Ahmad Salah boshqarib kelmoqda.
“Paxtakor” esa milliy chempionat tarixida jami 16 marotaba chempionga aylangan. Ular bu yilgi mavsumga qadar 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021, 2022, 2023-yillarda O‘zbekiston chempionatida g’alaba qozongan. Umumiy rekord ham “Paxtakor”ga tegishli bo‘lib, olti bor ketma-ket chempionlikka erishgan.
Chempionliklardan tashqari, 13 bor O‘zbekiston kubogi, 2 marta Superkubok, bir martadan MDH va Liga kubogida ham jamoa bosh sovrin sohibi bo‘lgan.
Sharhlar