Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra 6 noyabr kuni respublikaning 7 ta viloyatida (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshknt va vodiy viloyatlari) vaqti—vaqti bilan, ba’zi hududlarda tinimsiz kuchli yomg‘ir yog‘ishi ma’lum qilingan.

Bulutli ob—havoda kishilarda serotonin gormon yetishmasligi, tushkunlik, lanjlik, kognitiv funksiya buzilishi ro‘y berishi mumkin. Serotonin gormonni balansda ushlash uchun albatta ovqatlanish ratsionga baquvvat taomlarni kiritish lozim.

Bugun yomg‘irli ob—havoda siklonal ta’sir xam organizmga, xususan qon bosimiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Organizmda serotonin gormonni balansda ushlash va siklonal omil ta’sirini kamaytirishda mana bu materialdagi tavsiyalarga amal qilgan ma’qul. Ob—havo o‘zgarishlaridan kuchli ta’sirga tushayotganlar esa shifokorga murojaat qilishlari lozim.

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 13-15° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 10-15° iliq, kunduzi 6-8° iliqqacha pasayadi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLAR

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.