Bugun Yashil Toshkent chellenji o‘tkazilmoqda
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan 9-noyabr kuni poytaxtda “Yashil shahar” kuni o‘tkazilmoqda. Unda barcha tashkilot, korxona xodimlari hamda faol fuqarolar daraxt ekish chellenjida ishtirok etishi ko’zda tutilgan
Poytaxtning iqlim sharoiti va mavsumiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, yagona ekotizimni saqlash uchun, mutaxassislar daraxtlarning yaxshi ildiz otishi uchun qalamchalar o‘rniga 2 yoshdan katta ko‘chatlarni ekishni va sug‘orish tizimi mavjud joylarni tanlashni tavsiya etishadi.
Mintaqamizda tarixan o‘zini yaxshi ko‘rsatgan manzarali daraxtlarning quyidagi turlariga e’tibor qaratish lozim:
Chinor
Lola daraxti
Lipa
Katalpa
Zarang
Qayrag‘och
Eman
Oq/pushti akatsiya
Ulashish:
Sharhlar