Bugundan mikrohududdan tashqari maktablarning 1-sinfiga qabul boshlandi

Foto: old.gov.uz

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

1-bosqichda 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Shuningdek, 2-bosqichda davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi. 1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish — 1-avgust kuni soat 11:00 da boshlandi.

Arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.

Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.