Bugungi Olimpiya o’yinlarida kimlar bahslarga kirishadi

Foto: MOQ

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining bugungi kuni doirasida kimlar bahslarga kirishishi ma’lum qilindi. Unga ko’ra, bugun akademik eshkak eshish bo’yicha Anna Prakaten, dzyudo bo’yicha aralash jamoaviy bahs, boks bo’yicha Amdumalik Xalokov, Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev, Navbahor Hamidova va velosport bo’yicha Nikita Svetkovlar mamlakat sharafini himoya qilishga kirishadi.

Ma’lumot uchun, so’nggi pallada terma jamoa tarkibida o’zgarish bo’lib, Dmitriy Bocharov o’rniga jismoniy holati bugungi kunda yuqoriroq bo’lgan Nikita Svetkov ro’yxatdan o’tkazilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.