Bugungi Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston sharafini kimlar himoya qilishadi

Foto: MOQ

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining 4-avgust kungi bahslarida O’zbekiston delegatsiyasi boks, veloshozze va yengil atletika sport turlarida 6 nafar atlet bilan ishtirok etadi.

Bokschilarimiz Hasanboy Do’smatov va Lazizbek Mullojonov final yo’llanmasi uchun jang qilishsa, yengil atletikachimiz Anvar Anvarov saralash bosqichida qatnashadi. Yana bir yengil atletikachimiz Safina Sadullayeva balandlikka sakrash dasturida, velosportchilarimiz Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova esa guruh poygasida medallar uchun kurash olib borishadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.