Toshkentda reklama agentligi bukmekerlik kontorasi reklamasini joylashtirgani uchun jarimaga tortildi

Фото: BSS.uz

Toshkentda bukmekerlik reklamasi yuzasidan “HAMKOR REKLAMA SERVIS” MChJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi, deya xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.

Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “HAMKOR REKLAMA SERVIS” MChJ tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida tashqi reklama konstruksiyalari orqali bukmekerlik “1XBET” reklama tovar belgisi ko‘rsatilgan holatlar aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Maxsus komissiya tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasi talablari buzilganligi yuzasidan “HAMKOR REKLAMA SERVIS” MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan Qo‘mita vakolatlari  doirasida qonunchilikda belgilangan tartibning maksimal miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, to‘plangan hujjatlar javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish uchun prokuratura organlariga yuborildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.