O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Burundi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 152-davlat bo‘ldi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
“Hamkasbim, tashqi ishlar va taraqqiyot hamkorlik vaziri Albert Shingiro janoblari bilan birgalikda BMT bosh qarorgohida tegishli qo‘shma kommyunikeni imzoladik. Ushbu hujjat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yuzaga chiqarishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar