Buvi va nevara zargarlik buyumlarini g’ayrioddiy yo’l bilan postdan olib o’tmoqchi bo’ldi

Фото: ГТК

Sirdaryo viloyati  “Malik” chegara o‘tkazish punktida yirik miqdordagi qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.

Bojxona punkti orqali harakatlanayotgan fuqarolardan biri xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, ichki kiyimlari orasidan oyoqlarining yuqori qismiga 19 dona o‘ram yashirganligi aniqlandi.

Mazkur o‘ramlar belgilangan tartibda ochib ko‘rilganida ularning ichida 9 turdagi 468 dona qimmatbaho metalldan yasalgan va brilliant toshlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Ushbu shaxs zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishda yonidagi 14 yoshli nevarasidan ham foydalangan. Voyaga yetmagan ushbu shaxs ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning ham ichki kiyimlari orasiga 12 dona o‘ram yashirilgani aniqlandi. Mazkur o‘ramlarda esa 8 turdagi 454 dona taqinchoqlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu berkitilgan zargarlik buyyumlari jami 922 dona bo’lib, umumiy og‘irligi 6,7 kg.dan oshmoqda, umumiy qiymati esa 5,6 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.