Buxoro viloyatida 20 nafar mahbus ozodlikka chiqarildi
Prezident farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 522 nafar shaxs afv etildi. Ularning 159 nafari asosiy jazodan ozod etilgan bo‘lsa, 303 nafari shartli ozod qilindi. Ular bugun eng ulug‘, eng aziz bayramni o‘z oilalari bag‘rida nishonlash imkoniga ega bo‘ldi.
Buxoro viloyati Kogon tumanidagi 1-jazoni ijro etish kolonniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 19 nafar, 20-son jazoni ijro etish kalonniyasidan esa yana 1 nafar mahbus Prezidentimizning farmoni asosida avf etildi. Ularning chin ko‘ngildan pushaymonligi inobatga olinib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani sabab imkoniyat taqdim qilindi. Bugun ular ko‘zidagi quvonch bag‘rikeng yurtda yashayotganiga shukronalik hislariga qorishiq. Bugun ular ijtimoiy davlatda kechirildi va yana jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun navbatdagi qadamni tashlamoqda.
20 nafar jazodan ozod etilganlarning hammasi hali navqiron yoshda. Ular katta maqsadlar sari yo‘lga otlanganu, ma’lum sabablar bilan aldovlarga uchib yo‘ldan adashgan. Panjara orti ularga katta saboq bo‘ldi. Bu joyda yo‘qotilgan qimmatli vaqt ko‘plarning bir umrga yetarli xulosa chiqarishiga imkoniyat bo‘ldi.
“O‘g‘lim ma’lum sabablar bilan aldovlarga uchib yo‘ldan adashdi, davlatimizning g‘amxo‘rligi, e’tibori sabab ozodlikka chiqdi. Avvalombor, davlat rahbariga rahmat. Shunday yurtda yashayotganimdan xursandman. O‘g‘lim bayramni uyda nishonlayapti. Bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak – deydi Kenjaboy Jo‘raqulov.
Sharhlar