Buxoro viloyatida ikki elektrik tok urishidan halok bo‘ldi
Buxoro viloyatida “Qorako‘l” nimstansiyasida ikki nafar elektrik elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi.
Fojia 2-oktyabr kuni Buxoro magistral elektr tarmoqlari shoxobchasiga qarashli nimstansiyada sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan, natijada ikki ishchi halokatli yuqori voltli zarba olgan.
Ayni damda hodisaning sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Ulashish:
Sharhlar