Buxoroda brakonyerlar Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ushlagani aniqlandi
Buxoro viloyatida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston so‘zanbalig‘ini noqonuniy ovlagan to‘rt nafar fuqaroga nisbatan hukm chiqarildi, deya xabar beradi Ekologiya vazirligi.
O‘tgan yilning dekabr oyida fuqarolar Agitma ko‘lida taqiqlangan baliq ovlash to‘ridan foydalanib, 12 ta Turkiston so‘zanbalig‘ini, 7 ta Osiyo-Yevropa tovonbalig‘ini, 17 ta sazan va 1 ta shemay balig‘ini ushlagan. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar 292 million 162 ming so‘mni tashkil etgan.
Ular O‘zR JKning 202-moddasi 3-qismida (Hayvonot va o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topildi.
Qonunbuzarlarga 4 yil 6 oy, bir fuqaroga 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sharhlar