Buxoroda fuqarolar deyarli 30 million so’mlik saksovullarni noqonuniy kesishgan
Buxoro viloyatning cho’l hududlarida sentabr-oktabr oylari davomida o’tkazilgan reydlar davomida jami 25 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan. Holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
25 ta holatda tabiatga 29 million 702 ming 400 so’m zarar yetkazilganligi hisoblangan va 222 million 900 ming so’m jarima tayinlangan. Huquqbuzarlar jami 252 million 602 ming 400 so‘m tovon to‘lashlari belgilangan.
Ma’lumot uchun, respublikaning barcha hududlarida saksovullarning noqonuniy kesilishiga qarshi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda va bu huquqbuzarlik qat’iy qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ulashish:
Sharhlar