Buxoroda ikki ta qizini kaltaklagan ayol “farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona” sifatida ro‘yxatga olindi
Avvalroq, Buxoroda ikki nafar qizini kaltaklagan ayol haqida xabar berilgan edi.
Tergovga qadar tekshiruv doirasida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 2020-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O‘.S. va 2021-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O‘.S. larda hech bir darajadagi tan jarohati aniqlanmagan.
Shu bilan birga, I.M.ning o‘z bolalariga nisbatan nomaqbul harakatlarida MJtKning 47-moddasi 1-qismida (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanib, joriy yilning 20-iyul kuni u tegishli jarima jazosiga tortildi va farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona sifatida ro‘yxatga olindi.
O‘z farzandlariga kelgusida ziyon yetkazishini oldini olish maqsadida onaga nisbatan maxsus ijtimoiy choralar ko‘riladi.
Sharhlar