Buxoroda ayol eriga jahl qilib 2 ta qizini kaltakladi

Foto: daryo

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda ayol ikki nafar qizini kaltaklayotganligi aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganishni boshladi.

Aniqlanishicha, holat 9-iyul kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi ayol I.M. tomonidan sodir etilgan. Uning turmush o‘rtog‘i N.B. bir necha yildan buyon xorijda ishlab kelayotgan bo‘lib, eri oilasidan xabar olmayotgani, yetarlicha pul jo‘natmayotganidan jahli chiqib, ayol qizlari O‘.S. (2020-yilda tug‘ilgan) va O‘.S. (2021-yilda tug‘ilgan) larni urib, kaltaklab, videotasvirga olgan va eriga jo‘natgan.

Buxoro viloyati IIB ga ko‘ra,  hozirda voqea yuzasidan Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda va uning doirasida bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.