Buxoro viloyatida o‘smir boshqalar nomiga 100 million so‘mga yaqin kredit oldi

фото: youtube.com

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 10 dan ortiq shaxsning nomiga internet orqali ularning shaxsiy maʼlumotlaridan foydalanib kredit rasmiylashtirgan 16 yoshli oʻsmir qoʻlga olindi. Bu haqda “Bu kun” dasturi xabar bermoqda.

Bir fuqaro nomiga 54 million so‘m miqdorida kredit olib qo‘yilgani aniqlangach uning murojaatidan so‘ng voqea huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortgan.

Tergovchilar gumonlanuvchi norasmiy ravishda Paynet to‘lov punktida ishlagani, u yerda sim-kartalar chiqarayotganligini aniqlashadi. U ishlayotganida, mijozlarni suratga oladi va ularning aloqa ma’lumotlarini yozib qoldi. Keyinchalik, ushbu fotosuratlar va telefon raqamlaridan foydalanib, o’smir fuqarolarga onlayn kredit olish uchun ariza topshiradi.

Shu tariqa u jami 100 million so‘mga yaqin ssuda yig‘ib, so‘ng uni onlayn qimor o‘yinlariga sarflagan. O‘smir qimor o‘yinlariga berilib ketgani tufayli to‘xtay olmasligini tushuntirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-2-moddasi (“Firibgarlik”) bilan ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda huquq-tartibot idoralari hodisaning barcha tavfsilotlarini aniqlash maqsadida tergov-surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.