Buxoroda qurilish kompaniyalaridan birining rahbariga jinoyat ishi ochildi
Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan “HUMO AZIYA” MCHJ rahbari Jamshid Karimov tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda sodir etilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 229-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati yozmoqda.
“Ayblanuvchi Jamshid Karimov tomonidan Buxoro shahrining Islom Karimov hamda Sadriddin Ayniy ko‘chalarida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan va tergov organi tomonidan bugungi kunga qadar tegishli tartibda jabrlanuvchi sifatida eʼtirof etilmagan fuqarolar, zudlik bilan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.
Sharhlar