Buxoroda voyaga yetmagan farzandlarining to’yini qilgan ota-onalar jarimaga tortildi

Avvalroq, Buxoroda voyaga yetmaganlarning to‘y marosimi yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik.

3-iyun kuni voyaga yetmagan A.A.ning otasi N.S. hamda voyaga yetmagan N.R.ning onasi Q.N.lar nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berganlik (uylantirganlik) uchun MJtKning 47-3 moddasi 2-qismi (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan ma’muriy javobgar bo‘lib, tegishli jarimaga tortildilar. Bu haqda Bolalar ombudsmani telegram-kanalida e’lon qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.