Buxorodagi mebel omborida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
15-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda sodir bo‘lgan yong‘in aks etgan video tarqaldi. Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi voqea yuzasidan izoh berdi.
Yong‘in soat 13:00 da Buxoro viloyati, Qarshi ko‘chasi, Shayx-ul Olam mahallasi, “Nigora” MChJga qarashli tayyor mebel mahsulotlari omborida sodir bo‘lgan.
Soat 13:02 da voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelib, yong‘inni o‘chirishga kirishgan.
Ombor ichidagi yong‘in natijasida tayyor mahsulotlar yonib ketgan. Yong‘inni o‘chirish ishlari davom etayotgani xabar qilinmoqda. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida xabar berilmagan. Sabablar aniqlanmoqda.
Ulashish:
Sharhlar