Shavkat Mirziyoyev bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahallalar hayoti bilan tanishish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yangi obyektlarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ulashish:
Sharhlar