Buyuk Britaniya ilk bor o‘zbek qovunini sotib olishni boshlaydi

Фото: Yuz.uz

Birinchi marta O‘zbekistondan Britaniya bozoriga qovun eksporti tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi, deb yozadi  “Dunyo” AA.

O‘zbekistondan eksport qiluvchi “Agricultural Products Export” kompaniyasi tomonidan Britaniyaning Lemar Food LTD kompaniyasiga umumiy hajmi 10 tonna bo‘lgan partiya yetkazib berildi. Ilgari qovun Britaniya bozoriga sinov tariqasida yetkazib berilgan.

Ayni paytda Britaniyaning import qiluvchi kompaniyalari bilan mamlakatdan yetkazib beriladigan mahsulotlar turini ko‘paytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, deyiladi bayonotda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.