Buyuk Britaniya Ukrainaga 300 mln dollar ajratilishini e’lon qildi
Buyuk Britaniya hukumati kelasi yil davomida Ukrainaga 245 million funt sterling (qariyb 311 million dollar) miqdorida yordam ajratilishini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Ko‘mak artilleriya o‘q-dorilari zaxiralarini to‘ldirish va ularni ishlab chiqarish uchun yetkazib berishlar zanjirini faollashtirishga qaratilgan.
“245 million funt sterling ajratilishi haqida jangovar harakatlar boshlanganiga naq ikki yil to‘lgan kuni e’lon qilindi. Artilleriya Ukrainaning jang maydonidagi muvaffaqiyatlari uchun o‘ta muhim bo‘lib chiqdi, u doimiy ravishda Rossiya kuchlarini zaiflashtiradi va ularga sezilarli siljishlarni amalga oshirishga imkon bermaydi”, — deyiladi Buyuk Britaniya hukumati saytidagi xabarda.
Britaniya mudofaa vaziri Grant Shepps 22-fevral kuni London Kiyevga 200 ta Brimstone raketalarini yuborishini aytgandi. Bundan tashqari, mamlakat boshqa ittifoqchilari bilan birgalikda 2024-yil birinchi yarmida yana 10 ming nafar ukrain harbiylarini o‘qitmoqchi.
Sharhlar