Buyuk Britaniya va O‘zbekiston ta’lim va iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Фото: Дунё

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligining Xitoy, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik departamenti direktori o‘rinbosari Filippa Sonders bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollarini, shuningdek, taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlikni muhokama qildilar. London O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor sifatida qayd etib, munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini bildirgan.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.