O‘zbekistonda BYD Seagull elektromobili sotuvi boshlandi
O‘zbekistonda BYD Seagull elektromobili sotuvi boshlandi, deb xabar bermoqda “Spot” Xitoy avtomobilsozlik kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib.
To‘liq quvvatda 405 km masofani bosib o‘tuvchi BYD Seagull’ning Flying komplektatsiyasi narxi 208,3 mln so‘mni ($16,4 ming) tashkil etadi. Xetchbek xususiyatlari bilan havola orqali tanishish mumkin.
Ta’kidlanishicha, elektromobil narxi Xitoydagi narxlarga nisbatan ancha yuqori, mamlakatda eng oddiy konfiguratsiya narxi $9,7 mingdan (69,8 ming yuan) boshlanadi.
“Avtoelon” va “OLX” mahalliy onlayn reklama platformalarida BYD Seagull xetchbeki 180 mln so‘mdan (taxminan $14 ming) sotilmoqda.
“BYD Uzbekistan Factory” kamida 2 yil davomida bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi to‘lamasdan, mazkur rusumdagi elektromobillarni yaratiladigan ishlab chiqarish quvvatlarining 50%igacha miqdorda O‘zbekistonga olib kirishi mumkin. Biroq, bu hajm yiliga 10 mingdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Rasmiy “BYD” dilerlaridan biri “Spot” muxbiriga “Seagull” narxi “norasmiy dilerlarnikidan biroz yuqoriroq” ekanligini tasdiqladi. Menejerning qo‘shimcha qilishicha, ular “import avtomobillari”ni sotishadi.
Bundan tashqari, sabablar qatorida kafolat va texnik xizmat ko‘rsatish, mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish, dasturga kirish, ovozli assistent, bepul yo‘l yordami va boshqa parametrlar mavjud.
Sharhlar