Sirdaryo viloyatida odamlarning ustiga Captiva haydagan yigit jazoga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan futbol maydonida mast holatda Captiva rusumli avtomobilini odamlarning ustiga haydagan yigit ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Sudda u o‘z qilmishidan pushaymonligini aytgan. Ammo kech bo‘lgandi. Chunki, voqea sodir bo‘lgan vaqtda u ikki nafar fuqaroni avtomashinasining old qismi bilan urib, voqea joyidan qochib ketganligi inkor etib bo‘lmaydigan dalillar bilan tasdiqlandi.
Unga 4 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanib, jazoni og‘ir tartibli koloniyada o‘tashligi belgilandi.
—Bunga sabab sudlanuvchi bundan oldin O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 277-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi bois, ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan bo‘lsa-da, tartibni buzib, undan to‘g‘ri xulosa chiqarmagani uchun jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi,—deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudi raisi Fazliddin Suvonqulov.
Bundan tashqari, uning Captiva rusumli avtomobili jinoyat quroli sifatida topilib, davlat foydasiga musodara qilindi.
Sharhlar