“Centrum Air” aviakompaniyasi Sharm-al-Shayxga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi
21-iyul kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Centrum Air aviakompaniyasining Toshkent-Sharm al-Shayx-Toshkent reysining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Turizm qo‘mitasi, Centrum Air, Centrum Holidays, Easybooking kompaniyalari vakillari, OAV hamda reys yo‘lovchilari ishtirok etdilar.
Ilk reyslar haftada bir marta, faqat yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar 190 ta ekonom-klass va 12 ta biznes-klass o‘rindig‘iga ega bo‘lgan 321neo samolyotida o‘z manzillari tomon yetkaziladi.
Sharm-al-Shayxga reyslarning ochilishi, O‘zbekiston aviatsiyasida yana bir muhim qadam bo‘lib, u parvozlar geografiyasini kengaytirish va mamlakatda turizmni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Centrum Air — O‘zbekistonda yo‘lovchi va yuk aviatashuvlariga ixtisoslashgan xususiy aviakompaniya. U 2023-yil respublika aholisi uchun parvozlar sifatini yaxshilashga qaratilgan hukumat tashabbusi doirasida tashkil etilgan. Centrum Air 2024-yil mart oyidan boshlab Batumi, Doha, Dubay, Tbilisi, Sankt-Peterburg, Samarqand, Urganch, Toshkent shaharlariga doimiy parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Sharhlar