Changli havoda qilinishi zarur bo’lgan 15 qoida
Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasi havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik – derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkin haqida xabar berdi. Bu holatda fuqarolar nima qilishi kerak.
- Ko‘chaga iloji boricha kamroq chiqish;
- Ishga, o‘qishga, xarid uchun ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
- Ko‘chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko‘zlarni yaxshilab yuvish);
- Kalit, ko‘zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
- Ko‘chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish;
- Ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;
- Nim ta’sir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
- Ko‘proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo‘lsa ko‘k choy, na’matak damlamasini ichish;
- Yog‘li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho‘r, achchiq taomlarni cheklash;
- Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boshqalar), ko‘katlarni iste’mol qilish.
- Changni ko‘p to‘planishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni to‘g‘ri tozalash kerak:
- Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
- Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hamma narsalarni chang yutgich yordamida tozalash kerak (gilam, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o‘ralishi tavsiya etiladi.
- Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;
- Oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qo‘yish kerak;
- Xona havosi optimal namligini ta’minlash: ho‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish.
Nafas yo‘li surunkali kasalliklari bor yurtdoshlarimizga changli havoda tashqariga chiqmaslikni tavsiya qilamiz.
Ulashish:
Sharhlar