“ChatGPT” salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda
“ChatGPT” tufayli dasturchilar bir-birlari bilan muloqot qilmay qo‘yishdi. IT-mutaxassislari jamlangan eng mashhur “Stack Overflow” forumidagi savol-javoblar soni 25%ga qisqargan, -deb xabar bermoqda O’zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi.
Keskin pasayish “ChatGPT” chiqqan paytdan boshlandi. Ushbu tendensiya ayniqsa “Python” va “Java Script” haqidagi muhokamalarning kamayib ketishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Tadqiqotchilarning fikricha, bu noodatiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin: agar forumlarda mavjud muamolar muhokama qilib, ularning tahlili va yechimi berilgan qo‘llanmalar chiqmay qo‘ysa, SI modellarini o‘qitish uchun manbalar qolmaydi.
Ulashish:
Sharhlar