Chek so‘ragan bolaga qo’l ko’targan sotuvchi 15 sutkaga qamaldi
20-iyul kuni Bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilib, farzandi (2011-yilda tug‘ilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi do‘konda xarid qilganda QR-chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirib, sotuvchiga qonuniy chora ko‘rilishni so‘ragan.
Holat bolalar ombudsmani tomonidan o’rganilgan va Guliston shahridagi savdo do‘koni sotuvchisi Z.A. (erkak kishi)ga jamoat joyida so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik sodir qilgan xatti-harakatlari uchun MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy javobgarlikka oid jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudiga yuborilgan.
22-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqilib, Z.A. ga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Avvalroq, Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev 12 yoshli Qoʻchqorov Shahboz bilan shaxsan uchrashib unga minnatdorchilik bildirgani haqoda yozgan edik.
Sharhlar