Chilonzor va Sergeli tumanlarida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Фото: Департамент при Генеральной прокуратуре

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Chilonzor tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. fuqaro Sh.Sh.ning ishonchiga kirib,  uni tanishlari yordamida Turkiya davlati orqali aylanma yo‘llar bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishi evaziga 334 mln so‘mi olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Departament matbuot xizmati yozmoqda.

“Shu kabi, Departamentning Sergeli tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro V.G. fuqaro A.Yu.ni tanishlari yordamida Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga 550 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, – deyiladi xabarda.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.