“Chilonzor” yo‘lining “Xalqlar do’stligi” bekatida poyezd harakatida nosozlik kuzatildi
Bugun, 4-sentyabr sanasi soat 22:35 lar atrofida “Chilonzor” yo‘lining “Xalqlar do’stligi” bekatidan harakatlanishi lozim bo’lgan 9-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatildi. Bu haqda “Toshkentmetropoliteni” matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Shu boisdan, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezddagi yo’lovchilar bekatga tushirilgan va ortdan yuborilgan 2-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olingan holda yuzaga kelgan kamchilikni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida tekshiruv yo’lagi tomon olib ketilgan”, – deyiladi xabarda.
Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.
Avvalroq metro faoliyatida uzilish bo’lgani haqida yozgandik.
Sharhlar